MALAKALI PARADZYUDOCHILARNING MASHG‘ULOT JARAYONINI REJALASHTIRISH

  • Mualliflar: N.SH. BOBOMURАDOV
  • Universitet / Institut: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Annotatsiya

Mazkur maqolada malakali paradzyudochilar mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda nogironligi bo‘lgan sportchilarning funksional imkoniyatlari, sensomotor moslashuvi va ko‘rish darajasiga mos ravishda yuklamalarni individual-differensial yondashuv asosida taqsimlash zarurligi asoslab berilgan. Haftalik (mikrotsikl) va oylik (mezotsikl) mashg‘ulot dasturlari ishlab chiqilib, ularning texnik-taktik barqarorlik, maxsus kuch, muvozanat, koordinatsiya hamda funksional chidamlilik ko‘rsatkichlariga ta’siri qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddati o‘rtasidagi optimal nisbatni ta’minlash, tiklanish vositalarini rejalashtirilgan holda qo‘llash hamda musobaqa oldi davrida yuklamani 15–20% ga qisqartirish yuqori sport natijalarini saqlab qolishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Ishlab chiqilgan kompleks tayyorgarlik texnologiyasi paradzyudochilarning jismoniy, texnik-taktik, funksional va psixologik tayyorgarligini bosqichma-bosqich takomillashtirish imkonini beradi.

Adabiyotlar: 

1. Verkhoshansky, Y. V. (2013). Teoriya i metodika sportivnoy trenirovki [Theory and methodology of sports training]. Moscow, Russia: Sovetskiy sport. 

2. Platonov, V. N. (2015). Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte [The system of training athletes in Olympic sport]. Kyiv, Ukraine: Olimpiyskaya literatura. 

3. Tumanyan, G. S. (2016). Sportivnaya borba: teoriya, metodika, praktika [Wrestling: Theory, methodology, practice]. Moscow, Russia: Fizkultura i sport. 

4. Shustin, B. N. (2018). Podgotovka sportsmenov s narusheniem zreniya [Training of athletes with visual impairments]. Moscow, Russia: Sport. 

5. Shutov, A. V. (2017). Osobennosti tekhnicheskoy podgotovki paradzyudoistov [Features of technical training of para-judokas]. Adaptivnaya fizicheskaya kultura, 246. 

6. Bompa, T., & Buzzichelli, C. (2018). Periodization: Theory and methodology of training. Champaign, IL: Human Kinetics.

PDF shaklida
2026 nashr-2