BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI BELBOGʻLI KURASHCHILARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI

  • Mualliflar: R.P. QALJANOV
  • Universitet / Institut: Qoraqalpoq davlat universiteti University of innovation technologies Nukus shahri, Oʻzbekiston
Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanayotgan belbog‘li kurashchilarni tayyorlash jarayonida uchraydigan dolzarb muammolar tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan samarali pedagogik va uslubiy yondashuvlar ishlab chiqiladi. Tadqiqot davomida yosh sportchilarning jismoniy, texnik va funksional tayyorgarlik darajasi, mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va intensivligi, shuningdek, mashg‘ulot jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklar kompleks ravishda o‘rganildi. Shuningdek, murabbiylar va sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida mavjud muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich bosqichda mashg‘ulot yuklamalarini optimal rejalashtirish, texnik-uslubiy tayyorgarlikni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda yosh kurashchilarning jismoniy sifatlarini samarali rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari belbog‘li kurashchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, mashg‘ulot samaradorligini oshirish va sport natijalarini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar: 

1. Mirzabekov, I. A. (2025). Belbog‘li kurashchilarning vazn toifalari xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning jismoniy va texnik tayyorgarligini oshirish metodikasi. Fan-Sportga, (9), 73–75. 

 2. Qirg‘izboev, M. M. (2022). Belbog‘li kurashchi qizlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish usullari. Fan-Sportga, (4), 34–36. 

 3. Odilov, B. B. (2021). Malakali belbog‘li kurashchilar misolida raqibni ko‘tarib tashlash bilan bog‘liq maxsus ish qobiliyatiga muvozanat saqlash turg‘unligining ta’siri. Fan-Sportga, (8), 19. 

 4. Bobomurodov, F. I. (2021). Kurashchilarning texnik-taktik harakatlarini sifatli bajarishda relaksatsiyaga yo‘naltiruvchi maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish. Fan-Sportga, (8), 42. 

5. Artiqov, Z. S. (2024). Belbog‘li kurashchilarni texnik usullarga o‘rgatishda noan’anaviy mashqlardan foydalanish uslubiyati. Toshkent: Monografiya, 144-b. 

6. Qodirov, S. (2026). Malakali dzyudochilarda maxsus kuch va tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari. Fan-sportga, 9(2), 49–52. https://doi.org/10.65149/fansport.2026. v9i2.a014.

PDF shaklida
2026 nashr-4