MAQSADLAR
Tahririyatning maqsadlari
Tahririyat ushbu maqsadlarga erishish uchun:
- e’lon qilinayotgan maqolalar yuksak professional darajada, ob’ektiv va haqqoniy bo‘lishini ta’minlaydi;
- har bir xodim salohiyatining to‘la namoyon bo‘lishiga erishish maqsadida ijodiy jamoada sharoit va muhit yaratadi;
- ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi;
- xodimlarning kasb mahoratini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi;
- xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun zarur bo‘lgan texnika vositalari va boshqa vositalar bilan ta’minlaydi;
- ehtiyojmand xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatadi, xodimlarning turmush sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi;
- davlat muassasalari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari, jismoniy shaxslarning reklama va e’lonlarini belgilangan tartibda e’lon qiladi.
Yo'l xaritasi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tasarrufidagi “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali faoliyatini 2024 yil davomida yanada rivojlantirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”
| № | Amalga oshiriladigan tadbirlar | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun mas’ullar |
|---|---|---|---|---|
| 1. | Jurnalda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, yosh sportchilarni saralash, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning innovatsion metodlarini o'rganish masalalariga qaratilgan ilmiy maqolalarni chop etish ishlarini rivojlantirish. | Muntazam | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |
| 2. | Jurnalda chop etilgan ilmiy maqolalardan eng dolzarb mavzudagilarini saralab “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi muallifi” tanlovini tashkil qilish. | 2024 IV chorak | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |
| 3. | Jurnalning veb saytini ishga tushurish hamda ma’lumotlarni joylashtirish. | Muntazam | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |
| 4. | Jurnalni xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga kiritish bo'yicha ishlarni tashkil qilish. | Muntazam | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |
| 5. | Jurnalda chop etiladigan ilmiy maqolalarni Web of Science, Scopus kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari talablari doirasida qabul qilish ishlari yo’lga qo’yish. | 2024 IV chorak | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |
| 6. | Jurnalda chop etiladigan ilmiy maqolalarni taqrizdan o'tkazishda rivojlangan davlatlarning yetuk mutaxasislarini ekspert sifatida jalb etish ishlari o'rganish. | 2024 IV chorak | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |
| 7. | Jurnalga qabul qilinadigan ilmiy maqolalarni “Antiplagiyat” tizimi orqali qabul qilishni yo’lga qo’yish. | 2024 IV chorak | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |
| 8. | Universitet professor-o’qituvchilari hamda xorijiy hamkor OTMlarning professor-o’qituvchilari hamkorligida tayyorlangan maqolalarni chop etish. | Muntazam | “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnali, O’zDJTSU Innovatsion jamg'armasi |
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektor, Jurnal tahririyati |