VOLEYBOLCHILARDA SAKRASH FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA VAZIYATLI MASHQLAR ASOSIDA SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH

  • Mualliflar: X.M. TOSHPULATOV B.B. BAKIROV
  • Universitet / Institut: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Oriental universiteti
Annotatsiya

Mazkur maqolada voleybol sportida sakrash chidamkorligini oshirish hamda sakrash turlarini samarali rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida vertikal va gorizontal sakrash ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqildi hamda ularni vaziyatli (o‘yin sharoitiga yaqin) mashqlar bilan integratsiyalash metodikasi asoslab berildi. Taklif etilgan mashqlar majmuasi sakrash tezkor-kuch sifatlarini, harakatlar koordinatsiyasini, takroriy sakrash chidamkorligini va o‘yin davomida sakrash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, mashg‘ulot yuklamalarini bosqichma-bosqich oshirish, tiklanish oralig‘ini optimallashtirish va texnik-taktik harakatlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar voleybolchilarda sakrash balandligi, sakrash soni va o‘yin jarayonida sakrash barqarorligini sezilarli darajada yaxshilash imkonini ko‘rsatdi.

Адабиётлар: 

1. Ashurkova, S. F. (2020). Teoriya i metodika voleybola [Textbook]. Tashkent: O‘zkitobsavdonashriyoti. 

2. Akulich, L. I., Pulatov, A. A., & Ashurkova, S. F. (2021). Sportivnye i podvizhnye igry (Voleybol) [Study guide]. Chirchik: Uzbek State University of Physical Culture and Sport.

3. Belyaev, A. V., & Bulykina, L. V. (2011). Voleybol: teoriya i metodika trenirovki. Moscow: TVT Division. 

4. Toshpulatov, X. M. (2025). Voleybolchilarda o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanish tezkorligini rivojlantirish va uni kompyuterlashtirilgan uskuna yordamida baholash. Tashkent: Makon Savdo Print.

PDF shaklida
2026 nashr-2