ҲАВАСКОР БОКСЧИЛАРНИНГ УМУМИЙ ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИК ДАРАЖАСИНИ ТЕСТ КЎРСАТКИЧЛАРИ АСОСИДА БАҲОЛАШ УСУЛЛАРИ

  • Mualliflar: И.М. МАДРИМОВ
  • Universitet / Institut: Жисмоний тарбия ва спорт илмий тадқиқотлар институти
Annotatsiya

Ушбу мақолада ҳаваскор боксчиларнинг умумий жисмоний тайёргарлик даражасини аниқлашда қўлланиладиган педагогик тестлар тизими ва уларнинг баҳолаш мезонлари илмий асосда таҳлил этилган. Тадқиқотда спортчиларнинг тайёргарлик даражаси турникда тортилиш, қўшпояда ва ерга таянган ҳолда қўлларни букиб ёзиш, шунингдек, 1000 метрга югуриш каби функционал ва кучга йўналтирилган тестлар орқали баҳоланди. Маълумотлар асосида 24 нафар ҳаваскор боксчининг жисмоний ҳолати ўрганилиб, уларнинг 16 нафари белгиланган меъёрий кўрсаткичларга мувофиқ равишда танлаб олинди. Тадқиқот натижалари ҳаваскор боксчиларни саралаш, уларнинг функционал тайёргарлигини аниқлаш ва машғулот жараёнини дифференциал режалаштиришда ушбу тестлар тизимининг юқори амалий аҳамиятга эга эканлигини кўрсатди. Мақола натижалари бокс спорти бўйича селекция ва диагностика тизимини такомиллаштиришга хизмат қилади.

Адабиётлар: 

1. Shomurodov, N. T. (2020). Yosh bokschilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarni shakllantirish metodikasi. Toshkent: O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi nashriyoti. –B. 78–79. 

2. Karimov, A. Sh. (2019). Sportchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda test nazorati tizimining o‘rni. Toshkent: O‘zDJTI nashriyoti. –B. 42–43. 

3. Rajabov G‘.Q. (2019). Malakali bokschilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqa faoliyati natijadorligini shakllantirish. Chirchiq. –B. 27–28. 

4. Tojibayev S.S. (2009). Yosh bokschilarni tayyorlash tizimida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. –B. 81–82. 

5. Xolmatov, B. B. (2018). Bokschilarning jismoniy va funksional tayyorgarligini test sinovlari asosida baholash. O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy-amaliy jurnali, №3, 45–50. 

6. Turdiyev F.K. (2002). Boks trenirining individual dars olib borish jarayonida maxsus malakalarini shakllantirish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. –B. 61–66. 

7. Raxmatov, A. Q. (2020). Havaskor sportchilarning tayyorgarligini rivojlantirishda individual yondashuv prinsiplari. “Sport va ilm-fan” jurnali, №2, 39–43. 

8. Qurbonov, M. U. (2022). Sport tibbiyoti va jismoniy yuklamalarni nazorat qilishning ilmiy-metodik asoslari. Toshkent: “Fan va sport” nashriyoti. –B. 25–29. 

9. To‘xtayev, Z. N. (2023). Yengil atletika va chidamlilik mashqlarining yurak-qon tomir tizimiga ta’siri. Toshkent: Sport va Turizm universiteti nashriyoti. –B. 17–21. 

10. Anashov V.Ju. (2020). Yuqori malakali bokschilarning musobaqa oldi tayyorgarligini samaraqorligini oshirish uslubiyatini takomillashtirish. O‘z Res. OAK. p.f.b.f.d. (PhD) dissertatsiya. Chirchiq. –B. 22–27. 

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PQ-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

PDF shaklida
2026 nashr-1